25 Mart 2023 yil 486

Buxoro viloyati IIBda navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi o‘tkazildi

Bugun, 25 mart kuni Buxoro viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan “Yangilanayotgan Konstitutsiya — xalq qomusi” mavzusida navbatdagi maʼrifat darsi o‘tkazildi.

Davlat Madhiyasini ijro etish bilan boshlangan mashg‘ulotda mavzu yuzasidan Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Abdurahim Boltayev so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan yig‘ilganlarga to‘liq maʼlumot berdi.

Bunda, Yangilanayotgan Konstitutsiya — Yangi O‘zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu esa mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarni aniqlab olish uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadam ekanligi alohida taʼkidlandi.

Xususan, inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirilayotgan xalq Konstitutsiyasi Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirgani bilan ahamiyatlidir.

Aholiga munosib hayot sharoiti yaratish uchun barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar bo‘lishi lozimligi belgilangan bo‘lib, inson farovon yashashi, davlat barqaror rivojlanishi uchun samarali, ixcham va xalqchil davlat boshqaruvi joriy qilish sari dadil qadam bo‘lgani borasida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, mutaxassis tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sud qaroriga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining joriy yil 10 martda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida»gi qarori to‘g‘risida to‘liq tushunchalar berilib, mavzu yuzasidagi savollarga batafsil javoblar berildi.

Shundan so‘ng, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Umid Utayev tomonidan hafta davomida shaxsiy tarkib bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan ayrim holatlarga to‘xtalib, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish borasida so‘z yuritildi.

Text to speech