29 Iyul 2023 yil 510

Buxoro viloyati IIBda navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi o‘tkazildi

Bugun, 29-iyul kuni Buxoro viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan “Noverbal harakatlar va shaxs psixologiyasi” mavzusida navbatdagi maʼrifat darsi o‘tkazildi.

Mavzu yuzasidan viloyat IIB MMI va KBTX masʼullari hamda Buxoro davlat unversiteti psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Jasur Jo‘rayevning maʼruzasi tinglandi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 26-iyun kunidagi 341-sonli buyrug‘ining ijrosini taʼminlash maqsadida “Xodimlar tomonidan fuqarolarning ruhiy va jismoniy holati hamda shaxslarning jins va yosh toifasidan kelib chiqib professional ekspressiv harakatlar bilan samarali muloqotga kirishish, agressiyani qo‘zg‘atuvchi muomala va nokasbiy jestlardan tiyilish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti olib borildi.

“Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi davomida boshqa xizmat xodimlariga ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Intizom oyligi” eʼlon qilinganligi yetkazilib, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya qilish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Text to speech