4 Fevral 2023 yil 592

Buxoro viloyati IIBda o‘tkazilgan navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Alisher Navoiy asarlarida vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari” mavzusiga bag‘ishlandi

Bugun, 4 fevral kuni Buxoro viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi bilan “Alisher Navoiy asarlarida vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi maʼrifat o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ushbu mavzu haqida Buxoro davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Laylo Sharipova o‘zining maʼruzasi bilan shaxsiy tarkibga maʼlumotlar berib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 14 yanvar kunidagi 9-sonli buyrug‘i bilan Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” ko‘krak nishoni Laylo Sharipovaga topshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 14 yanvar kunidagi 12-sonli buyrug‘i bilan vatanimiz tinchligi va el-yurt osoyishtaligini taʼminlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun podpolkovnik Dilfuza Sharopova “To‘maris ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabr kunidagi PQ-3413-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq 2 nafar xodim “podpolkovnik” maxsus unvoni 6 nafar xodim “mayor” maxsus unvoni bilan taqdirlandi.   

Text to speech