28 Yanvar 2023 yil 583

Buxoro viloyati IIBda o‘tkazilgan navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsida qonun muhokamasiga eʼtibor qaratildi

Bugun, 28-yanvar kuni Buxoro viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi bilan “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi maʼrifat darsi o‘tkazildi.

Mavzu yuzasidan viloyat IIB MM va KBTX masʼullari hamda Buxoro davlat universiteti Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi mudiri, tarix fanlari buyicha falsafa doktori, dotsent Фаррух Темиров tomonidan maʼruza qilinib, xodimlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Bunda, milliy uyg‘onish va millatparvarlik harakatining oldingi saflarida turgan Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat, Isʼhoqxon Ibrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Ashurali Zohiriy, Hoji Muin kabi yuzlab fidoyi insonlarning ulug‘ xizmati va ezgu intilishlari borasida so‘z bordi.

Jadid ziyolila­r bilan haqli tarzda g‘urur­lanish va iftizor hissi millatning ko‘ksini yuksaltiradi, ulug‘ maqsadlar yo‘lida dadil olg‘a intilishida madadkor kuch vazifasini o‘tab, barcha ezgu harakat-intilishlari esa mardlik va jasorat namunasi bo‘lib xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 20-yanvar kuni qabul qilingan “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10 sonli qarori ham muhokama qilindi.

Text to speech