27 Yanvar 2023 yil 762

Buxoro viloyati IIBda xotin-qizlar jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021-yil 24-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlarida xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i va 2022-yil 23-martdagi va “Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishi talablari ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyati IIB Xotin-qizlar jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Viloyat IIB MMIvaKBTX boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Shaxnoza Safarova boshchiligida qator soha masʼullari, shahodatlangan ayol xodimalar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga doir 2022-yil davomida “Xotin-qizlar bilan ishlash xaritasi” doirasida olib borilgan ishlar sarhisob qilindi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 20-yanvar kuni qabul qilingan “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10 sonli qarori ham muhokama qilindi.

Tadbir doirasida Buxoro viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi shifokori Gulnora Safarova tomonidan “Sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ayollarda uchraydigan ayrim kasalliklarning tabiiy davo muolajalarini qo‘llash” mavzularida maʼruza qilinib, tizimda faoliyat olib borayotgan xotin qizlarning muammolari ham o‘rganildi.

Qizg‘in davra suhbati tarzida olib borilgan muhokama jarayonida yangi yilning birinchi choragida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech