31 Avgust 2022 yil 519

Buxoro viloyati IIBda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tkazilayotgan davlatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 31-avgust kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi” bayrami arafasida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni taʼminlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Buxuoro viloyati IIB ning bir guruh xodimlari taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi asosida, vatanimiz tinchligi va el-yurt osoyishtaligini taʼminlash yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olish borasidagi samarali mehnati, o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik va jasorat koʻrsatgan xodimlar turli darajadagi ko‘krak nishonlariga sazovor bo‘lishdi.

Jumladan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan 1 nafar xodimga — “A'lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, 1 nafar xodimga — “1-darajali benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, 2 nafar xodimga — “2-darajali benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, 3 nafar xodimga — “3-darajali benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni taqdirlangan bo‘lsa, 1 nafar xodim faxriy yorliq, 1 nafar xodim esa pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, 5 nafar ichki ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimlarga faxriy yorliqlar va 6 nafar xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan marhum xodimlarning oila a'zolari, farzandlariga bayram munosabati bilan IIB boshligʻining pul mukofoti hamda esdalik sovgʻalari ham taqdim etildi.

Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan 7 nafar xodimga “podpolkovnik” maxsus unvonlari ham berildi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, viloyat ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida oʻtkazilan “Eng yaxshi IIB boshligʻi”, “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi tezkor vakil”, “Eng yaxshi profilaktika inspektori” koʻrik tanlovining viloyat bosqichi gʻoliblari ham munosib rag‘batlantirildi.

Mamlakatimizda jamoat xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarni hayotga izchillik bilan tadbiq etishdagi katta xizmatlari hamda jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi faol ishtiroki uchun 5 nafar faxriy xodimlar ham tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.

Ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilgan tantanali bayram tadbirida boshqarma boshlig‘i Shuxrat Aliyev, barcha rag‘batlantirilganlarni samimiy muborakbod etib, ushbu xodimlar, faxriylar va xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan marhum xodimlarning oila aʼzolariga mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi.

Mukofotlangan va rag‘batlantirilgan barcha hamkasblarimizni yuksak eʼtirof hamda eʼtibor bilan viloyat ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi nomidan qutlaymiz.

Text to speech