Buxoro viloyati IIB da Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi va uning quyi tuzilmalari tomonidan o‘tgan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Uni Buxoro viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev boshqarib bordi.
Dastlab JTSB boshlig‘i Dilshod Jabborovning o‘tgan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
Shahar tumanlardagi har bir holat, yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi.
Xizmat jarayonlarida xodimlarning o‘z ishiga munosabati, o‘z xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashishi lozimligi haqida so‘z bordi.
Yig‘ilish tanqidiy tahliliy ruhda o‘tkazilib, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan har bir xodim rasmiy ogohlantirildi.
Shu bilan birga xodimlar bilan burch va majburiyatlarga hamda o‘z xizmat vazifalariga vijdonan yondashishlariga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida keltirib o‘tilgan tanqid va tahlillardan barcha xodimlar o‘zlariga tegishli xulosalar chiqarib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar yuzasidan yo‘l xaritalarini ishlab chiqib, ijroga qaratish borasida topshiriqlar berildi.