Buxoro viloyati IV Axborot xizmati tomonidan navbatdagi brifing hamda press-tur tashkillashtirildi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan IIV Buxoro Akademik litseyida bugun, 15-mart kuni tegishli sohaviy xizmat masʼullari ishtirokida ushbu ta'lim maskanida amalga oshirilayotgan islohotlar, 2023-2024-o‘quv yili uchun mavjud kvotalar va nomzodlarni qabul qilish tartibi xususida axborot berish, sohaga taalluqli muammoli savollarga oydinlik kiritish Щ ochiqlik vа shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan navbatdagi brifing o‘tkazildi
Brifingni boshqarma Axborot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Jalolov ochib berib, ishtirokchilarni kun tartibi bilan tanishtirdi.
Shundan so‘ng, litsey direktori podpolkovnik Jo‘rabek G‘oyibov kun tartibidagi masala bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.
Unda, mamlakatimizda yoshlar siyosatining muhim darajaga ko‘tarilgani, ularning yuqori sifatli ta'lim olishi va munosib kadr bo‘lib yetishishiga alohida e'ribor qaratilayotgani taʼkidlandi.
Shuningdek, tizimda amalga oshirilgan chora-tadbirlar, yaratilayotgan shart sharoitlar va aynan litsey o‘quvchilari uchun berilayotgan imtiyozlar haqida so‘z yuritildi.
Brifingdan so‘ng, litseyda olib borilayotgan islohotlar va unda o‘quvchi yoshlar hamda o‘qituvchi xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, taʼlim jarayonida qo‘llanilayotgan yangi innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishish maqsadida press-tur o‘tkazildi.
Media tur litsey qoshidagi Buxoro viloyati ichki ishlar organlarining shonli tarixi aks etgan “Jasorat” tarixiy muzeyidan boshlanib, taʼlim maskani bo‘ylab davom etdi.
Jarayonda ta'lim maskanida o‘quvchilar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish yo‘lida olib borilayotgan chora-tadbirlar, talabalar turar joyi, oshxona va sport maydonchalarining imkoniyatlari hamda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Buxoro filiali faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi.
Taklif vа mulohazalar bilan boy o‘tgan brifingda ishtirok etgan OAV vakillari, jurnalist vа mustaqil blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.