12 Dekabr 2022 yil 666

Buxoro viloyati: Pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining joriy yil 12 oktyabr kunidagi tegishli ko‘rsatmasi asosida Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasiga qarshi bir qator nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, 7-dekabr kuni o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Buxoro viloyati ichki ishlar oganlari xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 3 ta holat aniqlanib, jami 2 mln 340 ming so‘mlik 230 qadoqda pirotexnika vositalari tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Bular: Kogon tumani O‘rtahoji ko‘chasida yashovchi 2004-yilda tug‘ilgan I.S. ismli fuqaroga tegishli 20 qadoq yaʼni 220.000 so‘mlik “Treniya” yozuvli, Buxoro tumani Udurgi ko‘chasida yashovchi 2007-yilda tug‘ilgan N.M. ning yonidan 10 qadoq yaʼni 120.000 so‘mlik “Britanik” yozuvli hamda Buxoro shahar “Oybek” mahallasi A.Jomiy ko‘chasida yashovchi 2001-yilda tug‘ilgan I.S. ismli shaxsga tegishli bo‘lgan 11.000 dona yaʼni 200 qadoq “Treniya” va “Britanik” yozuvli 2.000.000 so‘mlik pirotexnika vositalarini sotish maqsadini ko‘zlab saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan hududiy Ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 185/1-moddasi bilan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun sud organlariga yuborildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining ijrosini taʼminlash maqsadida pnevmatik qurollarni aniqlash hamda IIOlariga ro‘yxat qo‘yish borasida olib borilgan tadbirlar davomida 1 kunda 6 dona, tadbir boshidan esa 15 dona pnevmatik qurollar aniqlanib, vaqtincha olib qo‘yilgan.

Bu boradagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Text to speech