8 Iyun 2022 yil 514

Buxoro viloyati sektor rahbarlari aholini un va non mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, bozorlarda narxlar barqarorligini saqlash borasida nazorat tadbirlari olib bormoqdalar

Maʼlumki, asosiy isteʼmol mahsuloti hisoblangan un va non mahsulotlarining viloyatimiz hududlariga bir maromda yetkazilishi, bunda birja savdosining shaffofligini taʼminlash, bozorlar va boshqa savdo nuqtalarida un mahsulotlarining narxlarini sunʼiy oshib ketishini oldini olish, viloyatning barcha hududlari va aholining barcha qatlamlari o‘rtasida tizimli targ‘ibot ishlarini olib borish borasida qator tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, bugun 8 iyun kuni viloyatda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholining un mahsulotiga bo‘lgan talabini to‘la qondirish uchun yetarli zaxiralar mavjudligi va ehtiyojdan kelib chiqib ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyat prokurori Mahmud Istamov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev hamda Soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Mamatxanovlar viloyatdagi bir qator un va un mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandilar.

Bunda, aholiga un va non mahsulotlari yetkazib berilishi hamda narxlarning shakllanishi masalalari qatʼiy nazoratga olingan bo‘lib, viloyatda yetarli don, un va un mahsulotlari zaxirasi mavjud.

Maʼlumot o‘rnida, aholining un mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida “BuxorodonmahsulotlariAJda 2400 tonna, “Qorako‘ldonmahsulotlari” AJda 1200 tonna va “KogondonmahsulotlariAJda esa 900 tonna, jami 4500 tonna un zaxirasi yaratilgan.

Shuningdek, non ishlab chiqaruvchi korxonalarda ham 940 tonnadan ortiq un zaxirasi shakllantirilgan.

Shu o‘rinda, viloyatda bir kunda birja savdolari orqali 150 tonnadan 500 tonnagacha un mahsulotlari auksionga qo‘yilgan bo‘lib, hududlarimizda un va un mahsulotlari yetishmasligi bo‘yicha muammolar mavjud emas.

O‘rganish asnosida rahbarlar bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan masʼullarga zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar berdilar.

Viloyatda bu kabi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Text to speech