6 Mart 2023 yil 491

Buxoro viloyatiga giyohvandlik vositasini olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs YPX maskanida qo‘lga olindi

2023 yil 2 mart kuni taxminan soat 21:48 larda G‘ijduvon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli “Tig‘” tadbiri davomida Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani bilan G‘ijduvon tumanini bog‘lovchi «Sarmijon» YPX maskanida Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan H.J. boshqaruvida bo‘lgan «Lasetti» rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchining hatti harakatlari shubha tug‘dirganligi uchun uning kiyimlari ko‘zdan kechirilgan.

Ko‘zdan kechirish jarayonida shimining old o‘ng kichik cho‘ntagida viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limi tomonidan taqdim qilingan sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra bir dona polimer paket o‘ramida sof vazni 0.72 grammga teng bo‘lgan ozginadan ko‘p miqdordagi “Opiy” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech