6 Mart 2023 yil 396

Buxoro viloyatining barcha hududlarida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun, 6 mart kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida navbatdagi tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov olib borib, joriy yilning 2 oyi davomida sodir etilgan jinoyatchilikning ahvoli, tasdiqlangan tashkiliy tadbirlar rejasi asosida ichki ishlar organlarining kundalik ish faoliyati, rahbar va masʼul xodimlarning jinoyatchilikni oldini olish borasidagi tashabbuskorligi, yo‘l xaritalar bandlarining ijrosi, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro hamda xizmat intizomini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan masʼul rahbarlar, viloyat ichki ishlar boshqarmasidan tuman (shahar)larga biriktirilgan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari va kuratorlarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida boshqarma boshlig‘i tomonidan barcha sohaviy xizmatlar va masʼul xodimlarning har biridan ijrochilik hamda xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilishlari, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etishlari lozimligi, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbus ko‘rsatib, qo‘l ostidagi xodimlarga shaxsiy namuna ko‘rsatishlari talab qilindi.

Text to speech