7 Noyabr 2022 yil 714

Buxoro viloyatining jinoyatlar salmog‘i yuqori bo‘lgan, “qizil” toifaga kirgan mahalllalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarning samaradorligi boshqarma boshlig‘i tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi respublika idoralararo ishchi guruhi 2022 yilning 14-17 oktyabr kunlari Buxoro viloyatida o‘rganishlar o‘tkazib, 17 oktyabr kuni tekshiruv yakunlari hamda Buxoro viloyatida jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, shuningdek, joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazib, qator vazifalarni belgilab bergan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining alohida Farmoyishi ishlab chiqilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar va manzilli yo‘l xaritalari ishlab chiqilib ijroga qaratildi.

Belgilab berilgan vazifalardan biri bo‘lgan viloyat miqyosida jinoyatlar soni oshgan, kriminogen vaziyati yomonlashgan 17 ta “qizil” toifadagi mahallalar alohida ajratib olinib, ushbu mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinib, alohida yo‘l xaritalari ishlab chiqilib, viloyat hamda shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining malaka va yuqori tajribaga ega bo‘lgan rahbar xodimlari profilaktik inspektoriga ko‘makchi sifatida biriktirildi va manzilli ishlar olib borildi.

2022 yil 7 noyabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev ushbu 17 ta alohida ajratib olingan kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli profilaktik ishlar samaradorligini ko‘zdan kechirish maqsadida Buxoro shahrining “Olim Xo‘jayev” va “Sheyxon” mahallalarida bo‘lib, ushbu mahallalarda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Buxoro shahar IIO FMBning rahbar xodimlaridan biriktirilgan masʼullar hamda mazkur mahallalar beshligining hamkorlikdagi amalga oshirgan ishlarini o‘rganib, tanqidiy muhokama qildi.

O‘rganish davomida boshqarma boshlig‘i har bir mahallaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, masʼul rahbarlar va mahallalar beshligiga jinoyatlarni jilovlash, profilaktik ishlarni manzilli tashkil etish yuzasidan o‘zining qator ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi.

Jarayonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalar binosi oldida daraxt ko‘chatlari ekildi.

O‘rganish ishlari Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlarida belgilangan grafik asosida davom etadi.

Text to speech