17 Iyul 2023 yil 573

Buxoroda  «E-XID»– “Xodimbay ishlash daftari” elektron axborot tizimini joriy etishda ilk qadam tashlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan  yana-da yaqindan hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-10-son Qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 30-bandida hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarini planshetlar bilan taʼminlash borasida ko‘rsatma berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda ichki ishlar organlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda «E-XID»– “Xodimbay ishlash daftari” elektron axborot tizimini joriy etish maqsadida, Buxoro viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Umid O‘tayev boshchiligida o‘tkazilgan tadbirda SAMSUNG TAB S6 LITE rusumli 20 dona planshetlar shahar-tuman hamda sohaviy xizmatlar IIB boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga tarqatildi.

Text to speech