12 May 2023 yil 550

Buxoroda fohishaxona saqlash bilan bog‘liq yana bir nechta jinoiy holatlar fosh etildi

Avval xabar berganimizdek, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining alohida Farmoyishi asosida viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida aholi o‘rtasida turli yuqumli kasalliklar, xususan teri tanosil, OIV hamda OITS kasalliklarining tarqalishi, shuningdek, axloq-odob doirasidagi jinoyatlarni barvaqt oldini olish, sodir etilganlarini issiq izida fosh etish hamda bu sohadagi jinoyatlarga qarshi keskin kurashish maqsadida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda “Oriyat” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari harakatga keltirilgan.

«Buxoro viloyati hududida fohishaxona saqlash bilan bog‘liq jinoiy holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish» borasida o‘tkazilgan navbatdagi maxsus tezkor profilaktik tadbirlari davomida fohishaxona saqlash bilan bog‘liq bir nechta jinoiy holatlar fosh etildi.

Jumladan, olingan tezkor maʼlumot asosida Buxoro viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida Kogon shahar Arabxona ko‘chasida yashovchi A.G‘. ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda u g‘arazli va past niyatlarda, moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida, bir erkak va ayolning o‘zaro jinsiy aloqa qilishlari uchun yashash uyi xonasini ajratib sharoit yaratib berib, buning evaziga ulardan 200.000 so‘m pullarni olib, fohishaxona tashkil etgani aniqlangan.

Ikkinchi holat: 2023 yil 5 may kuni taxminan soat 16:00 larda Vobkent tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tumanning “Kosari” mahallasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan Q.M. o‘zi yashab kelayotgan “Xalach” mahallasidagi yashash uyida g‘arazli va boshqa past niyatlarda, boylik orttirish maqsadida bir erkak va ayolning jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun alohida xona ajratib sharoit yaratib berib, evaziga 100.000 so‘m miqdoridagi pullarni olib, fohishaxona tashkil qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech