Buxoroda fuqaroni chuv tushirgan shaxslar qo‘lga tushdi
2022 yil iyun oyida nomaʼlum shaxs, fuqaro M.M.ga tegishli bo‘lgan bahosi 3.150 AQSH dollariga teng bo‘lgan 2 dona konteynerlarni 3 kun ichida Toshkent viloyatining Qibray tumanidan Buxoro viloyatining Vobkent tumanigacha yetkazib berishini vaʼda qilib, uning ishonchiga kirib, ushbu konteynerlarni yuk avtomashinalariga yuklatib berilishiga erishib, konteynerlarni kelishilgan joygachaga yetkazib bermasdan, ularni “Abubakr” ismli shaxsga 3.000 AQSH dolariga sotib, pullarni o‘zining shaxsiy extyojlariga ishlatib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv ham tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan X.M. shuningdek, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan A.A.lar oldindan til biriktirib sodir qilganliklari fosh etildi.
Hozirda mazkur jinoiy guruhga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.