12 Iyul 2023 yil 616

Buxoroda giyohvandlik o‘simligini ekib parvarishlash bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2023” keng qamrovli tadbiri davomida Buxoro shahar “Chorbaxossa” mahallasida yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan S.Sh. ismli shaxsning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, xonadonining tomorqa yerida sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra 1 tup “Kannabis” (kanop) o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech