15 Iyul 2023 yil 545

Buxoroda giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumot asosida o‘tkazilgan “Qoradori-2023” keng qamrovli tadbiri davomida Buxoro tumani, Gala Osiyo shaharchasi Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan tunnel oldidan piyoda harakatlanib ketayotgan Buxoro shahar Xo‘ja Tabband ko‘chasida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan H.N. ismli shaxs to‘xtatilib, egnidagi kiyimlari ko‘zdan kechirilganda, shimining chap cho‘ntagidan oq rangli polietilen paketga o‘ralgan viloyat IIB EKMning sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 9,57 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi “gashish” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan fuqaro H.N. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech