29 Iyul 2023 yil 895

Buxoroda ichki ishlar organlari xodimlari niqobi ostida tovlamachilik qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Shofirkon tumani “Yangiqishloq” mahallasida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan H.Z. ismli shaxs qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib, o‘zgalar mulkini tovlamachilik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan N.o., Shofirkon tumani “Quyi Chuqurak” mahallasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan G.o., Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan A.F. hamda Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi 2007-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz U.S. lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, guruh aʼzolariga Shofirkon tumanida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan J.О. ismli fuqaroning puli ko‘p ekanligini, voyaga yetmagan bir qiz topib u bilan jinsiy aloqaga kirishtirib, ularni jinsiy aloqa qilayotgan vaqtida ushlab olib, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan qo‘rqitish orqali ko‘p miqdorda pul talab qilib olishga qiziqtirgan.

Jinoiy rejaga ko‘ra joriy yilning 26-iyul kuni jinoiy sherigi voyaga yetmagan S.Sh. ni jabrlanuvchi bilan (jinoiy sherigi F.A. ga tegishli bo‘lgan) Navoiy shahar “G‘alaba shoh” ko‘chasida jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, ular jinsiy aloqa qilayotgan vaqtida uyga to‘satdan kirib borib, o‘zlarini ichki ishlar organlari xodimlari sifatida tanishtirib go‘yoki jabrlanuvchini jinoyat ustida ushlanganligini va voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganligi uchun qamoqqa olinishini aytib, uni qo‘rqitib, tanasining turli joylariga urib, qo‘l telefoni va avtomashinasining kalitini olib qo‘yib, erkini cheklab, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashinaning orqasiga o‘tqizib, ikkala yon tomoniga jinoiy sheriklarini qo‘yib, uni Buxoro viloyati IIB ga olib borishlarini aytib, 27-iyulga o‘tar kechasi soat 4:30 larda Buxoro shahridagi “Ark” qo‘rg‘oni oldiga olib kelib, jabrlanuvchidan go‘yoki ishni tinchitish uchun juda ko‘p miqdorda, yaʼni 15 000 AQSH dollari talab qilganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB TQX JQB mas'ul xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumot asosida 27-iyul kuni tong vaqtida o‘tkazilgan tadbir davomida ushbu tovlamachilar jabrlanuvchining akasidan talab qilingan pullarni olmoqchi bo‘lganlarida qo‘lga olinganlar.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 4 nafar ayblanuvchi qamoqqa olingan holda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech