23 Fevral 2023 yil 416

Buxoroda Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Yo‘l harakati xavfsizligi oyligi” samarali o‘tkazilmoqda

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi joriy yil 20 yanvarda qabul qilingan PQ-10-son qarori bilan ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini taʼminlash, mahallalar, aholi turar joylari va yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyishtalikni yana-da mustahkamlash kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Shu o‘rinda, IIVning tegishli farmoyishi asosida ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkib bilan o‘tkazilishi belgilangan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida xodimlar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga to‘liq rioya etilishi ham alohida nazarda tutilgan.

Jumladan, joriy yil 15 fevral kunidan 15 mart kuniga qadar ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yo‘l harakati xavfsizligi oyligi” doirasida Buxoro viloyatida ham turli targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Bugun, 23 fevral kuni viloyat IIB MMI va KBTX masʼul rahbarlari tomonidan viloyat IIB JXX YHXB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan Yo‘riqnomada xodimlar o‘rtasida qonunchilikni mustahkamlash, xizmat va ijro intizomi hamda yo‘l harakati xavfsizligiga amal qilish, xodimlarning xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarini tegishli hujjatlar asosida boshqarishini hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan favqulodda holat va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida tekshiruvlar o‘tkazildi.

Text to speech