8 Aprel 2023 yil 437

Buxoroda ikki holatda ichki ishlar organlari xodimlariga pora bermoqchi bo‘lgan shaxslar jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Gap shundaki, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida tizim xodimlarining xizmat intizomi va qonunchilik taomillariga rioya qilishlari yuzasidan bir qator manzilli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Halollik prinsipi asosida vakolat doirasidagi vazifalar bilan bog‘liq "xizmat ko‘rsatish" evaziga pora taklif qilgan fuqarolar to‘g‘risida o‘z vaqtida va belgilangan tartibda maʼlum qilgan xodimlarni rag‘batlantirish tizimi joriy qilingan.

Bu kabi choralar natijasida, bir nechta holatda xodimlarga pora berishni taklif etish bilan bog‘liq jinoiy holatlar fosh etildi.

Jumladan, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan B.O. o‘ziga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va avtotransport vositasini jarima maydonidan chiqarib berish uchun yo‘l patrul xizmati inspektoriga 350.000 ming so‘m pora taklif qiladi.

Ikkinchi holatda, yana bir Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan M.F. ham o‘ziga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va avtotransport vositasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga yo‘l patrul xizmati inspektoriga 270.000 ming so‘m miqdorida pora taklif qilgan.

YPX inspektorlaring bildirgisi asosida 2023 yil 7 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamda Departamentning G‘ijduvon tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu fuqarolar G‘ijduvon tuman “Sharq” mahallasida joylashgan jarima maydonida oldindan pora tariqasida taklif qilingan pullarni berayotgan vaqtlarida jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, unutmang!

Pora berish ham, pora olish ham jinoyat va har ikkala holatda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida bir xil turdagi jazo choralari belgilangan.

Shunday ekan, har birimiz jamiyatda uchraydigan har qanday korrupsion holatlarga qarshi birgalikda kurashaylik.

Text to speech