Buxoroda ishqiy munosabatlar aks etgan yozishmalar, foto va video tasvirlarni oila aʼzolariga ko‘rsatib fosh etish orqali taʼmagirlik qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Buxoro shahar “Varaxsha” mahallasida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan A.N. ismli ayol o‘zi bilan birga qonuniy nikohsiz yashab kelayotgan 1993-yilda tug‘ilgan N.F. ismli erkak bilan bir guruh bo‘lib, oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2021-2023 yillar davomida o‘ziga tegishli Buxoro shahar Pridastgir ko‘chasida joylashgan savdo do‘koniga mijoz sifatida kelib yurgan, Buxoro shahar Fayzobod ko‘chasida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan A.D. ismli ayol va uning qonuniy turmush o‘rtog‘i 1990-yilda tug‘ilgan M.F. larning “Telegramm” messenjeridagi akkauntlarini birlashtirib, o‘zaro yozishgan ishqiy mazmundagi yozishmalari, almashinilgan foto va video yozuvlarini o‘ziga ko‘chirib olishga erishib, ushbu maʼlumotlarni ayolning oila aʼzolariga ko‘rsatish bilan qo‘rqitib, 5000 AQSH dollari talab qiladi.
Uning arizasi asosida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi TQX JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu jinoiy guruh aʼzolari jabrlanuvchi ayolning turmush o‘rtog‘idan tovlamachilik yo‘li bilan talab qilingan pullardan 3.000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan jinoiy guruhning aʼzolari A.N. hamda N.F. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.