Buxoroda jamoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning yarim yillik ish natijalari sarhisob qilindi
Bugun, 18-iyul kuni Buxoro viloyati IIBda jamoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida viloyat hududida jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish subyektlari ishtirokida amalga oshirilgan ishlari muhokamasi yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Hisobot yig‘ilishida viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev Davlatimiz rahbarining 2021-yil 29-noyabrdagi 27-sonli “Jamoat xavfsizligi Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan kengash tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tanqidiy tahlil asosida maʼruza qilib, hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kelgusidagi dolzarb vazifalarga alohida to‘xtaldi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan bir qator mutasaddi tashkilotlar maʼul xodimlarining hisobotlari tinglanib, amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilinda va kelgusida bajariladigan vazifalar bo‘yicha yo‘l xaritaning bandlari qayta ko‘rib chiqildi.
Yakunda jamoat joylarida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, tungi vaqtlarda aholi tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga doir vazifalar belgilab olindi.