Buxoroda jinoyat sodir qilgan poytaxtlik firibgar ayol qo‘lga olindi
2022 yil 16 dekabr kuni soat 14:30 larda Tanzila ismli nomaʼlum shaxs o‘zganing ishonchini suiisteʼmol qilish yo‘li bilan moddiy boylik orttirish maqsadida Kogon shahar Ahillik ko‘chasida yashovchi H.L. ning oldiga kelib, go‘yoki kelayotgan 2023 yilda 50.000 so‘m va 100.000 so‘mlik kupyuradagi pullar sinishini bildirib, undan aldov yo‘li bilan pullarini almashtirib berishini bildirib 3.000.000 so‘m, 200 AQSH dollari hamda 15.000 rubl pullarini qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan R.X. ismli ayol sodir qilganligi aniqlandi.
Hozirgi kunda uning xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda