Buxoroda mahallalar obodligi yo‘lida “Dolzarb 10 kunlik” eʼlon qilindi
Bugun, 17-dekabr kuni Buxoro viloyati sektor rahbarlari boshchiligida, Buxoro shahridagi mavjud 65 ta mahallarning raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari ishtirokida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlariga start berildi.
Tadbirni boshlash yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘z olgan viloyat hokimi Botir Zaripov Buxoro viloyatida eʼlon qilingan “Dolzarb 10 kunlik” doirasida mahallalarda fuqarolarning xonadonlari, ko‘cha va mahalla hududini obod qilish, sanitariya madaniyatini qaror toptirishda hamjihatlik, birdamlik muhitini yaratishga eʼtibor qaratish zarurligini alohida taʼkidladi.
Muloqot davomida bugungi mahalla raisi o‘z hududidagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida ko‘tarib chiqa olishi lozimligi, shu bilan birga sektor rahbarlari bilan birgalikda aholini yillar davomida qiynab kelayotgan turli ijtimoiy masalalarni ijobiy hal etishi shartligiga alohida urg‘u berildi.
Shundan so‘ng sektorlar kesimimda har bir mahallalarga biriktirilgan masʼullar boshchiligida taalluqli tashkilotlar masʼullaridan iborat ishchi guruhlari tashkil etildi.
Buxoro shahrining 3-sektoriga 16 ta jumladan, G‘.G‘ulom, x.G‘unjoriy, Jo‘bor, M.Ashrafiy, F.Xo‘jayev, Shergiron, Chorbaxossa, Xavzi Nav, Yangiobod, Piridastgir, Shodlik, r.Xamrayev, Gulshan, Varaxsha, o.Xo‘jayev, Toshmaschit mahallalari kiradi.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev mazkur mahallarda faoliyat olib boruvchi beshlik vakillari, viloyat IIB hamda Buxoro shahar IIO FMB, Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasidan biriktirilgan masʼullar bilan uchrashib, sektor hududida faoliyat olib boruvchi ishchi guruh aʼzolariga uyma-uy yurib, har bir xonadonning sharoiti bilan tanishish, aholini qiynab kelayotgan muammolar va mahallalardagi yechimini kutayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar o‘rganib, ularni tezkor va samarali hal qilish choralarini ko‘rish yuzasidan manzilli topshiriqlar berdi.
Masʼullar Buxoro shahrining Olim Xo‘jayev mahallasida o‘rganish ishlarini olib borishdi.
O‘rganish jarayonida, mahallalarning arxitekturaviy qiyofasini yana-da yaxshilash, yo‘laklarni taʼmirlash, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, yong‘in va texnika xavfsizligi choralarini ko‘rish, barcha obodonlashtirish ishlarini sifatli va muddatida amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shuningdek, daraxtlarga shakl berish, oqlash, uylarning tom va fasad qismlarini taʼmirlash bilan birga yo‘l, gaz, elektr, aloqa, ichimlik suvi taʼminoti, irrigatsiya tizimlaridagi muammolarni bartaraf etish ham alohida nazoratga olingan.
Buxoro shahrining 3-sektoriga qarashli barcha mahallalarda “Dolzarb 10 kunlik” doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari davom ettiriladi.