2 Iyun 2023 yil 581

Buxoroda mehmonxonani fohishaxonaga aylantirgan erkakning kirdikorlari fosh etildi

Buxoro shahar M.Payraviy ko‘chasida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan B.F. ismli erkak g‘arazli va boshqa past niyatlarda, moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida “Faxriddin” nomli mehmonxonada fohishaxona tashkil qilib, begona shaxslarning jinsiy aloqa qilishlari uchun muayyan sharoit yaratib, buning evaziga moddiy manfaat ko‘rib kelgan.

Jumladan, 2023-yil 13-may kuni 00:00 larda  S.M. ismli erkak va Sh.N. ismli ayolni hamda B.M. va M.D. ismli ikkinchi juftlikni jinsiy aloqada bo‘lishi uchun 300 ming so‘m miqdoridagi pullarni olib, “mijozlarga” xona bo‘shatib, barcha shart-sharoitlar yaratib berib, bu faoliyatdan daromad olib, fohishaxona tashkil etish va saqlash jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech