Buxoroda noqonuniy “Mayning” fermasini tashkil qilgan yana bir shaxs fosh etildi
Buxoro shahar IIO FMB xodimlari va shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahar “Beruniy” ko‘chasida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan Yu.N. o‘zi yashab kelayotgan uyning yer to‘lasida “Mayning” qurilmalari o‘rnatib, qonunga xilof ravishda yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan holda faoliyat ko‘rsatib kelganligi aniqlangan.
Tadbir davomida, jami 3 dona yaroqli va 1 dona yaroqsiz “Mayning” qurilmalari va boshqa butlovchi elektr jihozlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyat hududiy bo‘limi va Buxoro shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislarining xulosasiga ko‘ra, ushbu shaxs 2022 yil 28 mart kunidan 2023 yil 9 fevral kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida umumiy qiymati 63.522 kVt soat elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib, shahar elektr tarmoqlari korxonasiga jami 93 mln. 694,6 ming so‘mlik ko‘p miyedordagi moddiy zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 185/2-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.