17 Iyun 2023 yil 474

Buxoroda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq jinoiy faoliyatga chek qo‘yildi

Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Romitan tumani “Bog‘isaydon” mahallasida yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan M.M. ismli shaxs boshqa bir fuqaro U.J. ni aldab, uning ishonchiga kirib, unga Romitan tumani hokimligining zahira yerlari hisobida bo‘lgan, Hazorbog‘ qishlog‘i hududida joylashgan umumiy maydoni 7.57 gektarga teng bo‘lgan yer maydonidan 3,5 gektarini uning egaligiga o‘tkazib berishini vaʼda qilib, evaziga undan 40.000 AQSH dollarini talab qilgan va kelishilgan summaning bir qismi yaʼni, 10.000 AQSH dollarini avans sifatida firibgarlik yo‘li bilan Buxoro shahar Boxarziy ko‘chasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan fuqaro M.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech