13 Mart 2023 yil 464

Buxoroda o‘tkazilayotgan “Qidiruv” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari natija bermoqda

Xabaringiz bor butun respublikamiz bo‘ylab "Xavfsiz hudud" keng ko‘lamli tezkor profilaktik tadbirlari olib borilmoqda.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni issiq izidan fosh etish, jinoyat sodir qilib surishtiruv, dastlabki tergov hamda odil sudlovdan yashirinib yurgan shaxslarni qidirib topib, jazoning muqarrarligini taʼminlashdan iborat.

Buxoroda o‘tkazilgan xuddi shunday tezkor tadbirlar davomida bir nechta qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi.

Jumladan, 2023 yil 11 mart kuni o‘tkazilgan “Qidiruv” tezkor tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 277-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, 2023 yil 14 fevral kuni tuman IIB TB tomonidan qidiruv eʼlon qilingan, Qorako‘l tumani Qorahoji mahallasida ro‘yxatda turuvchi, 1990 yilda tug‘ilgan I.A. viloyat IIB JXX YXXB xodimlari tomonidan berilgan maʼlumotga asosan yashirinib harakatlanib ketayotgan avtomashinasi aniqlanib, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida qo‘lga olindi va Surxondaryo viloyati Termiz shahar IIB VSXga topshirilgan.

Text to speech