4 Aprel 2023 yil
640
Buxoroda o‘tkazilgan “Oriyat” tezkor profilaktik tadbiri davomida o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgan shaxs aniqlandi
Buxoro shahar IIO FMB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2023 yil 21 mart kuni taxminan soat 21:00 larda Qorovulbozor tumanining Chandir qishlog‘ida ro‘yxatda turuvchi 1956 yilda tug‘ilgan E.O. ismli erkak o‘ziga tegishli bo‘lgan Buxoro shahrining “S.Ayniy” ko‘chasida joylashgan uyida bir erkak va ayolning jinsiy aloqa qilishi uchun shart sharoit-yaratib berib, evaziga 100.000 so‘m miqdordagi pullarni olib, foxishaxona tashkil qilganligi fosh etildi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.