Buxoroda o‘tkazilgan “Qidiruv” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari o‘z samarasini bermoqda
Xabaringiz bor, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli farmoyishi asosida jinoyat sodir etib surishtiruv, dastlabki tergov hamda sud organlaridan yashirinib yurgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarni qidirib topish, jazoning muqarrarligini taʼminlash maqsadida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari, shuningdek, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda qator tezkor profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ana shundan chora tadbirlar o‘z samarasini berib, bir necha qiliruvda bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, odil sudlovdan yashiringanligi uchun JIB Buxoro shahar sudi tomonidan 2023 yil 3-fevral kuni qidiruv eʼlon qilingan, Qorako‘l tumani Darg‘ali mahallasida ro‘yxatda turuvchi, 1971 yilda tug‘ilgan N.M. viloyat IIB JXX JTSB PPX batalyon komandiri tomonidan berilgan maʼlumotga asosan Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyati hududida yashiringan manzili aniqlanib, ushlandi va O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinishi taʼminlanib, O‘zbekiston Respublikasi IIV JIYED 6-mintaqaviy hududga qarashli 4-TH. ga joylashtirildi.
Ikkinchi bir holatda, O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 122-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun, MIB viloyat boshqarmasi tomonidan 2023 yil 7 fevral kuni qidiruv eʼlon qilingan, Qorako‘l tumanida ro‘yxatda turuvchi, 1984 yilda tug‘ilgan H.F. viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida Toshkent viloyati Toshkent tumani hududida yashiringan manzili aniqlanib, ushlandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir qilganligi uchun Shofirkon tumani prokuraturasi tomonidan 2022 yil 6 noyabr kuni qidiruv eʼlon qilingan, tumanning “Kotiyon” mahallasida ro‘yxatda turuvchi 1998 yilda tug‘ilgan X.L. tuman IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida Buxoro viloyatining chekka cho‘l hududida yashiringan manzili aniqlanib, ushlandi va O‘zbekiston Respublikasi IIV JIYED 4-TH. ga joylashtirildi.
Bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.