29 Aprel 2023 yil 340

Buxoroda o‘tkazilgan “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbiri davomida o‘z uyida ov qurolining o‘q dorilarini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgan shaxs fosh etildi

Buxoro tuman IIB JXX XPB xodimlari tomonidan Buxoro tumani hududida olib borilgan “Xavfsiz xudud” maxsus profilaktik tadbiri davomida 2023 yil 19 aprel kuni tumanning "Rabotipoyon" mahallasida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan U.Sh. o‘zi yashab kelayotgan uyning yotoqxonasidagi seyfda Buxoro viloyati IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining xulosasiga ko‘ra o‘q dorilar turkumiga kiruvchi 16 kalibrli jami 18 dona jangovar patronlarni tegishli ruxsatnomasiz saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech