Buxoroda o‘z uyida fohishaxona tashkil qilish bilan bog‘liq yana bir jinoiy holat fosh etildi.
2023 yil 1 aprel kuni soat taxminan 18:00 larda Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Buxoro shahar hududida fohishaxona saqlash borasidagi holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish» doirasidagi “Oriyat” tadbiri davomida Vobkent tumani “Chorbog‘kent” mahallasida ro‘yxatdan o‘tgan, 1981 yilda tug‘ilgan N.M. ismli ayol o‘zi istiqomat qiladigan Buxoro shahar “Mustaqillik” ko‘chasida g‘arazli va past niyatlarda, moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida Q.Z. va M.G. ismli ayollarni “mijoz” lar bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun shart sharoit yaratib berib, buning evaziga 900.000 so‘m naqd pullar olib, foxishaxona tashkil etgani fosh etildi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.