Buxoroda qoramol o‘g‘risi ikki yildan so‘ng qo‘lga tushdi
G‘ijduvon tumani IIB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2021-yilning 15-aprel kuni soat 02:00 dan soat 04:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs tumanning “Todon” mahallasida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan H.Z. ismli shaxsning yashash hovlisi orqa tomonida joylashgan ayvondan 1 bosh bahosi 8.000.000 so‘mlik qora molini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgangan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida oradan ikki yildan ortiq muddat o‘tib, ushbu jinoyatni “Mirakon” mahallasida yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan N.A. sodir qilganligi aniqlandi va hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.