13 Iyun 2023 yil 452

Buxoroda tibbiyot tizimiga ishga qo‘yish evaziga tamagirlik qilgan soha vakillarining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Jinoyatlarga qarshi kurashish borasidagi “Zarbdor oylik” doirasida Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori, poliklinika hamshirasi bilan bir guruh bo‘lib, oldindan jinoiy til biriktirib, boshqa bir fuqaroni ushbu poliklinikaga hamshira vazifasiga ishga kiritish evaziga 1.000 AQSH dollari berishini so‘rab, pora berishga dalolat qilib, o‘zining xizmat xonasida jabrlanuvchidan kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech