Buxoroda tibbiyot xodimlari munosib sharaflandi
Tibbiyot xodimlarining sharafli va masʼuliyatli mehnatini eʼzozlash, samarali faoliyat yuritishi uchun qulay va keng imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Jumladan, har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida tibbiyot xodimlari kunini keng nishonlanib kelishi mazkur anʼananing yaqqol dalilidir.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Davolash profilaktika muassasalari Tibbiyot bo‘limi shifokor xodimlari uchun kasb bayrami tantanalari tashkil etildi.
Tantanada viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari MMI va KBTX boshlig‘i podpolkovnik Umid Utayev soha faxriylari va xodimlarini samimiy qutladi.
Bayram tadbirida bir guruh xodimlar va ishchi xizmatchilar ichki ishlar organlarida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, shaxsiy tarkib salomatligini saqlash yo‘lidagi munosib xizmatlari hamda “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan munosib rag‘batlantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning tegishli buyrug‘iga asosan, Urakova Feruza Xikmatilloyevna IIVning “Faxriy yorlig‘i” bilan va Nasriyev Xurshidjon Savriddinovich esa IIVning esdalik qo‘l soati bilan;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramovning tegishli buyrug‘iga asosan, katta leytenant Soxibov Raxmon Raximovich pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Shuningdek, Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga ko‘ra quyidagi soha xodimlari Faxriy yorliq bilan rag‘batlantirildi.
Bular: shifokor-nevrolog: Isabayeva Dilnoza Muxammedovna; tibbiy hamshira: Isakova Zebo Karimovna; poliklinika laboratoriya laboranti: Azimova Gulmira Maʼrufovna; tibbiy hamshiralar: To‘xtayeva Surayyo Ramazonovna va Hamidova Maxfirat Abdullayevnalardir.
Shu bilan birga, kichik tibbiy xodim: Nasordinova Dilshod Negmatullayevna, xo‘jalik mudirasi Sultonova Dilfuza Usmonovna hamda tibbiy hamshiralar Qodirova Madina Saidjonovna, Tosheva Nozigul Murodilloyevna, Gulyamova Lola Ismoilovna, Salimova Mavjuda Majitovnalarga tashakkurnoma eʼlon qilindi.
Shu kuni DPM Tibbiyot bo‘limi poliklinika shifokor xodimlar oilaviy shoxobcha-shifokori Ibodova Nodira Mustafoyevna Adliya Vazirligi tomonidan hamda DPM Tibbiyot bo‘limi poliklinika shifokor xodimlar oilaviy shoxobcha-shifokori Obidova Feruza Nasriddinovna Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar.