24 Fevral 2023 yil 721

Buxoroda yana bir nechta fohishaxona tashkil qilgan shaxslarning faoliyati fosh etildi

Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan «Buxoro viloyati hududida fohishaxona saqlash bilan bog‘liq jinoiy holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish» borasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta holatda fohishaxona tashkil qilish bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi.

Jumladan, 2023 yil 9 fevral kuni soat 18:00 larda Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan A.z. yashash uyida moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida bir erkak va bir ayolni 150.000 so‘m evaziga o‘zaro jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun sharoit yaratib berib, fohishaxona tashkil qilgan.

Ikkinchi holatda, 11 fevral kuni soat 19:30 larda Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan D.A. o‘zining yashash xonasida bir erkak va ayolning jinsiy aloqa qilishi uchun alohida xona ajratib, shart-sharoit yaratib berib, buning evaziga 150.000 so‘m miqdoridagi pullarni olib, fohishaxona tashkil etgan.

Uchinchi holatda esa joriy yilning 20 fevral kuni soat taxminan 14-00 larda Olot tumani Kesakli mahallasida yashovchi Yu.N. o‘zi istiqomat qilib kelayotgan yashash uyi yotoqxonasida bir erkak va ayolning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, fohishaxona tashkil qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech