5 Aprel 2023 yil 476

Buxoroda yana bir noqonuniy valyuta ayriboshlash bilan shug‘ullangan shaxs fosh etildi

2023 yil 10 mart kuni taxminan soat 16:40 larda Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro tumani “Rabotak” mahallasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘l yoqasida shu mahallada yashovchi 1960 yilda tug‘ilgan B.S. o‘z boshqaruvidagi “Lasseti” rusumli avtomashina salonida, boshqa bir fuqarodan qonunga xilof ravishda har bir AQSH dollarini 11.350 so‘mdan hisoblab, 3000 AQSH dollarini 34.050.000 so‘mga sotib olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech