Buxoroda yana bir OIV infeksiyasi tashuvchisi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi
Peshko‘ tumanida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan Sh.G. ismli ayol 2022-yil 11-iyundan viloyat OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, OIV infeksiyasini boshqa shaxslarga yuqtirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilib, tilxat olinganligiga qaramasdan, u o‘zining OIV infeksiyasiga chalinganligini bila turib, 2022-yilning iyul oyidan 2023-yilning mart oyiga qadar Buxoro shahrida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan F.A. va boshqa shaxslar bilan Buxoro shahrining turli joylarida himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lib kelib, jabrlanuvchilarga OIV infeksiyasini yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari ushbu ayolning boshqa shu kabi yaqin munosabatga kirishgan fuqarolar bilan tibbiy tekshiruv, tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Hurmatli fuqarolar ogoh bo‘ling!
Nosog‘lom turmush tarzi va tartibsiz jinsiy munosabatlarga kirishish, siz va yaqinlaringiz, qolaversa, butun jamiyat uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqaradigan, asr vabosi hisoblangan OITS kasalligining avj olishiga sabab bo‘ladi.