10 Mart 2023 yil 709

Buxoroda yana bir qasddan OIV infeksiyasini yuqtirish bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Buxoro shahar Gazlishoh ko‘chasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan shaxs viloyat OITSga qarshi kurashish markazida 2009 yil 24 fevral kuni OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida rasman ogohlantirilib, tilxat olinganiga qaramasdan, betartib jinsiy hayot kechirib, o‘zining OIV infeksiyasiga chalinganligini bila turib, 2020 yil yoz oylaridan hozirgi kunga qadar boshqa bir ayol bilan yaqin munosabatlarga kirishib, o‘zida OIV infeksiyasi borligini oldindan bilgan holda ushbu kasallikni boshqa shaxslarga yuqtirish xavfi ostida qoldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari ushbu shaxsning boshqa shu kabi yaqin munosabatga kirishgan fuqarolar bilan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar ogoh bo‘ling! Nosog‘lom turmush tarzi va tartibsiz jinsiy munosabatlarga kirishish, siz va yaqinlaringiz, qolaversa, butun jamiyat uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqaradigan OITS kasalligining avj olishiga sabab bo‘ladi.

Text to speech