2 Avgust 2023 yil 979

Buxoroda OIV infeksiyasini birovlarga qasddan yuqtirib yurgan yana bir ayol ushlandi

Romitan tumani O‘zbekiston mahallasida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan R.N. 2019 yilning 18 noyabr kunidan Buxoro viloyati OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, 2023 yilning may oyida Shofirkon tumani G‘ulomte mahallasida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan  S.H., Talesafed mahallasida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan  B.O. va 1992 yilda tug‘ilgan I.I.lar bilan Buxoro shahrining turli manzillarida himoya vositasiz jinsiy aloqada bo‘lib, o‘zida OIV kasalligi borligini bila turib, jabrlanuvchilarga OIV infeksiyasini yuqtirish xavf ostida qoldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda ushbu yengil tabiatli ayoldan jabrlanish bilan bog‘liq boshqa holatlarni aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech