Buxoroning eng olis mahallalari ham eʼtibordan chetda qolmaydi
Bugun, 28 mart kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Buxoroning markazidan 250 km. uzoqlikda joylashgan “Jongeldi” mahallasi aholisi muammolarini o‘rgandi
Peshku tumani hududiga qarashli Jongeldi mahallasi Buxoro shahridan 250 km uzoqlikda joylashgan.
753 nafar qardosh qozoq millatiga mansub yurtdoshlarimiz istiqomat qiluvchi ovul ahlining asosiy yumushi chorvachilik hisoblanadi.
Bugun ushbu ovulda bo‘lgan Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov “fuqarobay” tizimi asosida ovulning har bir xonadonida bo‘lib aholi muammolarini shaxsan o‘zi o‘rgandi.
Boshqarma boshlig‘i mahalla binosida “beshlik” bilan bo‘lgan suhbat davomida aholidan kelib tushayotgan har bir murojaatni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, unga yechim topish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
Viloyat 3-sektor rahbari “Jongeldi” mahallasida joylashgan ijtimoiy obyektlar 32-sonli MTT, 24-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi hamda Qishloq vrachlik punktida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Jarayonda yoshlarning taʼlim tarbiya olishi, ovul ahlining salomatligini taʼminlash borasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Boshqarma boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimovning bu kabi o‘rganishlari davom etmoqda.