2 Mart 2023 yil
528
Buxoro shahridagi shifoxona hamshiralari jinoyat ustida ushlandi
Buxoro shahar 1-sonli oilaviy poliklinika katta hamshirasi vazifasida ishlovchi ayol mazkur poliklinika hamshirasi S.S. bilan bir guruh bo‘lib, bir ayolni tanishlari orqali ushbu poliklinikaga hamshira vazifasiga ishga kiritish evaziga 4 mln. so‘m talab qilishadi.
2022 yil 24 fevral kuni viloyat huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxslar talab qilingan pulni olgan vaqtlari ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.