25 Mart 2023 yil 530

Buxoro shahrining 3-sektoriga qarashli “Shodlik” mahallasi obod maskanga aylandi

Buxoro shahrining 3-sektoriga qarashli “Shodlik” mahallasida bugungi kunda 4 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ushbu mahalla ahliga yetarli ijtimoiy sharoitlar yaratish maqsadida sektor rahbari boshchiligida hududda ulkan obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Jumladan mahallaga olib keluvchi yo‘l bo‘yida yengil konstruksiyali savdo va xizmat shoxobchalari qurildi. Bu orqali 50 dan ortiq aholi ishli bo‘ldi. Xonadonlarning elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasi yaxshilandi. Mahalla ichki yo‘llariga asfalt yotqizilib ravon ko‘chalar barpo etildi.

Bolalarning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘yin maydonchalari, yo‘l harakati qoidalari o‘rgatuvchi avtomaydonchalar qurilib foydalanishga topshirildi.

Ko‘p qavatli xonadonlarning tashqi, ichki, kirish, tom qismlari taʼmirlandi. Hudud obodonlashtirilib, mevali va manzarali daraxtlar o‘tqazildi.

Bugun, 25 mart sanasida hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirish maqsadida Buxoro viloyat hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari “Shodlik” mahallasida bo‘lishdi.

Muborak “Ramazon” oyi kunlarida barcha mahallalarni manashunday tartibda obodonlashtirish, aholini chin roziligiga erishish zarurligi, bunday obodonlashtirish ishlari tufayli mahallalarga nur, madaniyat kirayotgani, odamlar o‘zgarishlarni sezayotgani, bu kabi avto maydonchalarni ko‘paytirish, yoshlarni sportga, turli to‘garaklarga jalb etish zarurligi taʼkidlandi.

Shuningdek ushbu mahallada "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat o‘tqazish tadbiri tashkil etildi.

Text to speech