Buxoro shahrining "Razzoq Hamroyev" mahallasi jinoyatdan holi obod maskanga aylanmoqda
Xabaringiz bor, Buxoro shahridagi kriminogen vaziyati eng og‘ir bo‘lgan “Razzoq Hamroyev” mahallasiga tajriba sifatida jinoyatchilikni oldini olish borasida "Buxoro tajribasi"ni joriy etish ishlari boshlangan.
Bugun, 26 avgust kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov mazkur mahallada bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Boshqarma boshlig‘i hududni jinoyatdan holi “yashil” maskanga aylantirish barobarida, aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish, mahalla atroflarini, ko‘chalarni, ko‘pqavatli uylar oldini, ijtimoiy soha obyektlarini obodonlashtirish, kommunal sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yaqinlashib kelayotgan “Mustaqillik” bayrami shodiyonalari arafasida hudud ahliga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashish kerakligini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Boshqarma boshlig‘ining tegishli topshirig‘i asosida tegishli tashkilotlar xodimlaridan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan mahalla hududini obodonlashtirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.