11 May 2023 yil 416

Buxoro viloyati hududida “Qoradori-2023” keng ko‘lamli tezkor hamda profilaktik tadbiri doirasida giyohvandlik vositalarini yetishtirish bilan bog‘liq ber nechta holatlar fosh etildi.

Jumladan, 2023 yilning 4 may kuni soat 19:20 larda Buxoro tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tumanning "Leylak" qishlog‘ida yashovchi  2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O.A. o‘z yashash uyida 5 tup «Kannabis» o‘simligini ekib parvarishlab kelayotgani;

ikkinchi holatda, joriy yilning 6 may kuni soat 11:30 da Jondor tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida tumanning "Sho‘rabot" mahallasida yashovchi 1976 yilda tug‘ilgan, S.R. o‘z yashash xonadoni tomorqa yerining bug‘doy ekinzorida o‘n bir tup "Kannabis" o‘simligini ekib parvarishlab kelayotgani;

Jondorda aniqlangan na bir holatda esa, 2023 yil 7 may kuni soat 09:40 larda tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tumanning «Ko‘liyon» mahallasida yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan O.I. ham yashash xonadonining qurilishi tamomlanmagan uy fundamenti ustida oq rangli yelim idishda «Kannabis» o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib parvarishlab kelayotgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech