9 Mart 2023 yil 391

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov 3 sektor hududiga qarashli Vobkent tumaning Kulolchi hamda Xalach mahallalarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Jarayonda boshqarma boshlig‘i mahallalardagi beshlik vakillari bilan uchrashib, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularning muammolarni aniqlab, aniq choralar ko‘rishda «xonadonbay» tizimi samarali natija berishini taʼkidlab, hududdagi har bir fuqaroning sharoitidan, ularni qiynayotgan muammolardan mahalla vakillari xabardor bo‘lib, tez va samarali ko‘mak ko‘rsatishi zarurligini, hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish, muqim yumush, ish bilan taʼminlash, daromad manbai yaratib berish borasida tizimli ishlarni tashkil etish borasida o‘z tavsiyalarini berdi.

Aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari sodir etilishining oldini olish hamda firibgarlik, o‘g‘irlik va kibr jinoyat qurboniga aylanib qolishdan ogohlantirish borasida profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish borasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Viloyat 3 sektor rahbari mahalla ahlining ijtimoiy holati, sharoitini o‘rganish maqsadida aholi xonadonlarida ham bo‘ldi. O‘rganishlar davomida aholi bilan suhbatlar o‘tkazildi. Ularni qiynayotgan muammolar eshitilib, ularga yechim izlandi.

Shuningdek boshqarma boshlig‘i tumandagi 2 va 26-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablarida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi. Kelajagimiz egalari bo‘lmish yoshlarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun munosib sharoit yaratish kerakligi taʼkidlandi.

Boshqarma boshlig‘ining o‘rganish ishlari viloyatning 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon, Shofirkon va Vobkent tumanlari hamda barcha shahar va tumanlarning 3-sektorlariga qarashli mahallalarda davom etmoqda.

Text to speech