25 Avgust 2023 yil 643

Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi profilaktika inspektori” hamda “Eng yaxshi tezkor xodim”  tanlovlarining viloyat bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, hamda  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i”, “Eng yaxshi profilaktika inspektori”, “Eng yaxshi tergovchi” hamda “Eng yaxshi tezkor xodim” ko‘rik-tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi belgilandi.  

Buxoroda viloyati IIO xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi profilaktika inspektori” hamda “Eng yaxshi tezkor xodim” ko‘rik tanlovlarining viloyat bosqichi ham yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tanlovda ishtirokchilar yaʼni viloyat ichki ishlar boshqarmasining barcha sohaviy xizmat va shahar-tuman IIBlaridan profilaktika inspektorlari hamda tezkor xodimlar to‘rtta shart bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.

Yaʼni, test va savol-javoblar, og‘zaki suhbat jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajalariga baho berildi.

Tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra, g‘oliblar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Text to speech