16 Avgust 2023 yil 511

Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual salohiyati va kasbiy mahoratini hamda psixologik ko‘nikmalarini yana-da oshirish maqsadida seminar-trening o‘tkazildi

Buxoro viloyati IIO xodimlarining intellektual salohiyati va kasbiy mahoratini, bilim saviyasi va dunyo qarashini oshirish, shuningdek, xodimlarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularda psixologik xizmat ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida maʼnaviy maʼrifiy yo‘nalishdagi seminar trening o‘tkazildi.

Videokonfresaloqa shaklida bo‘lgan ushbu seminarda Buxoro viloyati IIB va uning hududiy va sohaviy tuzilmalarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirok etdi. Dastlab seminar ishtirokchilariga tavakkalchilikka asoslangan va mamlakatimizda qonun bilan taqiqlangan qimor o‘yinlarini o‘ynash va uning oqibatida kelib chiqayotgan turli noxush holatlar to‘g‘risida videofilm namoyish etildi.

Shundan keyin seminarda trener sifatida ishtirok etgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi professori Marhabo Sobirova mavzu yuzasidan o‘z fikrini davom ettirib, bugungi kunda mamlakatimizda qimor o‘yinlarini tashkil etganlik yoki ularda ishtirok etish uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarliklar to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya kafedrasi mudiri Muhiddin Bafayev bugungi kunda jamiyatimizda hamda kundalik hayotimizda uchrab turgan psixologik muammolar to‘g‘risida hayotiy misollar bilan asoslantirilgan holda tushuntirib, IIO xodimlari bu kabi muammolarni yengishda qanday chora-tadbirlarni amalga oshirishlari to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Shuningdek seminar-trening davomida shaxsiy tarkib tomonidan berilgan barcha savollarga asoslantirilgan javoblar taqdim etildi.

Text to speech