Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimovning o‘rganishlari davom etmoqda
Bugun, 15-mart Buxoro viloyati IIB boshlig‘i Mirjamol Miralimov ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tashabbusi bilan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi “To‘dako‘l” bolalar sog‘lomlashtirish markazi o‘rnida tashkil etilayotgan Tibbiyot bo‘limi tarkibidagi “To‘dako‘l” reabilitatsiya markazini tashkil etish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘i Kogon tumani 3-sektoriga tashrif buyurib, ishchi guruh aʼzolari va sektorga qarashli mahallalar “beshlik” vakillari bilan uchrashdi.
Jarayonda mahallalarda "xonadonbay" tizimi asosida uyma-uy yurib aholi muammolarini aniqlash va ularni hal qilish borasida olib borilayotgan ishlar ahvolini ham muhokama qildi.
O‘rganishlar davomida viloyat 3-sektor rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabr kunidagi PQ-408-sonli Qarori asosida Kogon tumani 3-sektori hududidagi ijtimoiy obyektlarda olib borilayotgan manzilli ishlarni ham ko‘zdan kechirdi.
Jumladan "Siyozpoyon" mahallasida joylashgan 13-sonli MTT da bolalar o‘yingohi qurilishi hamda Kogon mahallasi uchun yangidan qurilayotgan maʼmuriy binoning qurilish jarayonlarini o‘rgandi.
Masʼullarga ushbu obyektlarni qisqa muddatlarda sifatli qurib, foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Boshqarma boshlig‘ining bu kabi o‘rganishlari davom etmoqda.